Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modeli joriy etilishi mumkin
Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modelini joriy etish muhokama qilinmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) prezidenti Il Su Xa bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘nalishda olib borayotgan siyosati, jumladan jamiyatning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda nogironlar uchun maxsus markazlarni yaratish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik hujjati loyihasini shakllantirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kunduzgi markazlarni tashkil etish, Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari modelini joriy etish hamda ijtimoiy himoya va tibbiy yordam xizmatlarini integratsiyasi jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv salohiyatini oshirish hamda Samarqandda sil kasalligini aniqlash va davolashni kuchaytirish kabi loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

18:08 / 10.05.2025