American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
American Airlines «texnik nosozlik» sabab AQShga barcha parvozlari to‘xtatilayotganini ma’lum qildi. Aviakompaniya aynan qanday nosozlik kuzatilayotganiga oydinlik kiritmadi.

Foto: Reuters
Amerikaning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan American Airlines «texnik nosozlik» sabab AQShga parvozlarini to‘xtatayotganini ma’lum qildi. Qo‘shma Shtatlar Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi kompaniya parvozlari to‘xtatilishini tasdiqladi, deb xabar beradi Reuters.
«Ayni vaqtda American Airlines tomonidan amalga oshiriladigan barcha reyslarda texnik nosozlik kuzatilmoqda. Sizning xavfsizligingiz — bizning ustuvor vazifamiz. Muammo bartaraf etilishi bilan biz sizni sog‘-salomat belgilangan manzilga eltib qo‘yamiz», — deyiladi kompaniyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida.
Ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari savollariga javob berar ekan, aviakompaniya nosozlikni bartaraf etish qancha vaqt olishini bilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, American Airlines aynan nima sodir bo‘lganiga ham oydinlik kiritmagan.
ABC News’ning qayd etishicha, nosozlik Rojdestvo va bayram kunlari yaqinlashayotgan pallada sodir bo‘lmoqda — AQShda bu paytda sayohatlar oqimi ortib ketadi.
Reutersʼning yozishicha, oxirgi marotaba American Airlines parvozlarning keng ko‘lamli to‘xtatilishi haqida Windowsʼda kuzatilgan global nosozlik fonida e’lon qilgandi.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23 / 23.05.2025