Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Andijonda sintetik giyohvand modda tarqatib kelgan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
Ular uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sintetik giyohvand moddalar tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda muqaddam sudlangan 49 yoshli fuqaro I.I. Telegram orqali giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zosi tomonidan gaz pechi ichiga yashirilib, Rossiyadan yuborilgan 321 gramm “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, keyinroq I.I. tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan giyohvandlik vositasini olish uchun kelgan Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi, 31 yoshli J.S. ham ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, uyushgan jinoiy guruh a’zosi topshirig‘iga ko‘ra, J.S. Andijon shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil qilganligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, J.S. tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg 372 gramm “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, I.I. 13 yil 6 oy va J.S. 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid

14:50 / 17.06.2025
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

19:25 / 17.12.2018