Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda ko‘makka muhtoj o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Yekaterinburg shahridagi yurtdoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik aksiyasi o‘tkazildi.

Foto: Dunyo
Loyiha Yekaterinburg shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘zbekistonliklar ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir doirasida yordamga muhtoj oilalar va vatandosh talabalar ehtiyojlari uchun tadbirkor ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari jamlandi.
Aksiya davomida, shuningdek, oilalar bilan suhbatlar o‘tkazildi, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Bosh konsulxona xodimlari turli millatga mansub, boquvchisiz qolgan va nogironligi bo‘lgan 8 nafar bolani o‘z qaramog‘iga olgan vatandosh Samijon Abdullayev xonadoniga ham tashrif buyurdilar.
Mavzuga oid

21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum?

21:40 / 01.07.2025
Moskva va Boku o‘rtasida nizo davom etmoqda

21:25 / 30.06.2025
Yekaterinburgdagi reyd va Bokuning javobi. Voqealar rivoji

11:05 / 07.05.2025