Tadbirkorlarga tashqi moliya bozoriga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi
Prezidentning "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi.
U har yili kamida 100 ta tadbirkorlik sub’yektiga davlat kafolatisiz xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
2025 yil 1 yanvardan:
- O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali olib chiqiladigan paxta ipining har bir kilogrammi uchun yig‘im miqdori uning eksport narxining 2 foizi, ammo 0,05 AQSh dollaridan oshmaydigan miqdorda belgilandi;
- O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali olib chiqiladigan trikotaj matosining har bir kilogrammi uchun yig‘im miqdori uning eksport narxining 1 foizi miqdorida belgilandi.
Farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

09:33 / 28.03.2025