Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:09 / 08.01.2025
4334
1 daqiqa o‘qiladi
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi
Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha US-751 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Shuningdek, Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha 9S412 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.