Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Turistik klasterlarni tashkil etish va ularga turistik klaster maqomini berish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, turistik klaster maqomi kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhiga beriladi.
Turistik klasterlar belgilangan tartibda turistik klaster maqomi to‘g‘risidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Turizm qo‘mitasi turistik klaster maqomini berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Bunda, ariza beruvchi elektron shaklda yoki pochta orqali belgilangan shakldagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qiladi.
Turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish uchun tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi talablarga javob berishi lozim, jumladan:
- turistik klaster faoliyati turoperator – mehmonxona – transport – xizmatlarini ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinganligi;
- turistik klaster hududida sig‘imi kamida 40 nafar mehmon uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasining mavjudligi;
- turistik klaster hududida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini (esdalik sovg‘alari) sotish shoxobchalari (kamida bitta savdo nuqtasi) mavjudligi.
Mavzuga oid

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

16:38 / 13.06.2025