Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Namangan va Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Qayd etilishicha, Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Ch.Sh.» MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 2,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shuningdek, departamentning Andijon shahri bo‘limi va «O‘zenergoinspeksiya» viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «B.b.» NTM mas’ul shaxslari va boshqalar ushbu ta’lim muassasasi binosini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida shartnomasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 892,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:58 / 17.07.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

20:02 / 14.07.2025