Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Buxoro viloyatining Shofirkon va Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanlarida ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Dehqonobod tumanida “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A. fuqarolar S.U. va Yo.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 700 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz ta’minoti korxonasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga muqaddam 1,7 mln so‘m va 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlandi.
Ushbu pullar hisobidan 640 dollarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

20:19 / 15.07.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

12:22 / 15.07.2025
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi

20:37 / 14.07.2025