Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qozonga Ukraina dronlari hujum qildi
Ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Qozondagi aviasozlik korxonalariga berilgan zarbalari haqida xabarlar tarqaldi. Mahalliy aeroport barcha reyslarni to‘xtatdi.

Foto: Telegram / vchkogpu
20 yanvar, dushanbaga o‘tar kechasi Qozon shahriga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi, deb xabar bermoqda Telegram-kanallari va OAV.
VChK-OGPU, Mash va boshqa kanallardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash, dastlabki xabarlarga qaraganda, Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodi hududida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi shaharning Aviastroitelniy, Moskovskiy, Kirovskiy va Novo-Savinskiy rayonlarida bir nechta portlash ovozini eshitgan.
Shu fonda Tatariston poytaxti aeroporti reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi. Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako o‘zining Telegram-kanalida bunday choralar «fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash uchun» joriy etilganini yozdi.
Mash'ning ta’kidlashicha, zarba, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Lyutiy» rusumli uchuvchisiz uchoq tomonidan amalga oshirilgan. Xabar yozilayotgan vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid

08:58
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:19 / 08.07.2025
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi

12:50 / 07.07.2025