Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholmda avtomobil Rossiya elchixonasi darvozasiga borib urildi
Rossiya elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs Ukraina fuqarosi bo‘lgan. U hibsga olingan va diplomatik vakolatxona hududiga «zo‘ravonlik bilan kirishga» urinishda gumon qilinmoqda.

Foto: Xinhua / Zuma / Global Look Press
Stokholm politsiyasi o‘z mashinasini Rossiya elchixonasi darvozasiga qarab haydab borgan erkakni qo‘lga oldi. U diplomatik vakolatxona hududiga «qo‘pol noqonuniy kirishga» urinishda gumon qilinmoqda, dedi 28 yanvar, seshanba kuni politsiya matbuot kotibi Daniel Vikdal.
Uning so‘zlariga ko‘ra, elchixona darvozasini buzib kirishga uringanidan keyin erkak mashinada o‘tirgan holda qolgan. Qo‘lga olingan shaxs taxminan 45 yoshda bo‘lib, unga nisbatan dastlabki tergov ochilgan.
Rossiya elchixonasi: Ukraina fuqarosi ikki marta shunga o‘xshash harakatlar sodir etgan
Voqea ortidan Rossiyaning Stokholmdagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gumonlanuvchi «Shvetsiyada doimiy istiqomat qiluvchi Ukraina fuqarosi» ekanligini yozdi. U elchixonaga ham, mahalliy politsiyaga ham yaxshi tanish, chunki u 2015 va 2018 yillarda shunga o‘xshash harakatlar sodir etgan, shundan so‘ng u «ruhiy jihatdan noadekvat deb topilgan» va «Shvetsiya rasmiylari tomonidan tegishli davolanish uchun yuborilgan», deyiladi xabarda.
«So‘nggi paytlarda u yana Stokholmdagi Rossiya xorijiy vakolatxonalariga qarshi provokatsion harakatlarni amalga oshira boshladi», deb yozadi rossiyalik diplomatlar. Ular bu shaxs ustidan politsiya va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligiga shikoyat qilganliklarini, ammo jiddiy chora ko‘rilmaganini aytishdi.
Mavzuga oid

07:41
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi

07:34
Rossiya Polshaning Kaliningraddagi konsulligini yopishga qaror qildi

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58 / 13.07.2025