Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi
Hodisa oqibatida uch kishi yengil jarohatlangan.

Foto: Jizzax viloyati IIB
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, holat 30 yanvar kuni soat 13:30 atrofida viloyat hududidan o‘tuvchi M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1000 kilometrida sodir bo‘lgan.
Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldinda ketayotgan, yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasidan borib urgan.
Hodisa oqibatida haydovchilarga ham, avtobus yo‘lovchilariga ham jiddiy jarohat yetmadi. Faqat uch nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
«Ko‘rganimdayoq o‘ngga burildim. Bo‘lgan ish shu. Tezligim 70–80 edi chamasi», – deydi avtobus haydovchisi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

12:36
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025