Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundestag Kiyevga yordam ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi
Bundestag erkin demokratlarning Germaniya federal hukumatini Ukrainani keyingi qo‘llab-quvvatlash rejalarini «zudlik bilan» aniqlashtirishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance
Bundestag 31 yanvar, juma kuni Erkin demokratik partiya (ErDP) taklif etgan rezolyutsiyani qabul qildi, unda Germaniya federal hukumatini budjet qo‘mitasiga kelgusida uch milliard yevrogacha bo‘lgan «favqulodda xarajatlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasini «zudlik bilan» kiritishga chaqirdi.
ErDP, Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) taklifni qo‘llab-quvvatladi.
O‘ng populist "Germaniya uchun muqobil" (GuM), So‘l partiya va "Sara Vagenknext ittifoqi" qarshi ovoz berdi, hukmron Sotsial-demokratik partiya (GSDP) va "Alyans 90"/"yashillar" betaraf qoldi.
Bundestag Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qarorga kelolmadi
Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi bo‘yicha partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 30 yanvarga o‘tar kechasi Germaniya Bundestagi sessiyasining muddatidan oldin tugatilishiga olib kelgandi.
Erkin demokratik partiya (ErDP)ning budjetdan tashqari xarajatlar uchun 3 milliard yevrogacha mablag‘ ajratish taklifi atrofidagi munozaralar taxminan soat 00:30 da parlament o‘z kvorumini yo‘qotishi bilan yakunlandi: ErDP taklifi bo‘yicha ovoz berishda atigi 320 nafar parlament a’zosi ishtirok etdi. Kvorumga erishish uchun parlamentning 733 a’zosining yarmidan ko‘pi hozir bo‘lishi kerak.
Oxir-oqibat, "90-alyans"/"Yashillar" partiyasidan Bundestag raisi o‘rinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt karbonat angidrid tashlamalari narxi bo‘yicha rejalashtirilgan muhokama kun tartibida qolgan bo‘lsa-da, yalpi majlisni erta yopishga qaror qildi.
Mavzuga oid

07:39 / 11.07.2025
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

14:16 / 28.06.2025
Bundestag migrantlarning oilalari bilan birlashishini to‘xtatib qo‘ydi

13:17 / 28.06.2025