Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Ushbu shaxs giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda gumonlanib, Moldova IIV Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Foto: polisia.kz
Qozog‘istonda Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Politsia.kz.
Ma’lum qilinishicha, Oqto‘be viloyatidagi «Jaysan» temiryo‘l o‘tkazish punktida noqonuniy giyohvandlik vositalarini tashish ayblovi bilan Moldova IIV Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingan.
Gumonlanuvchi 2013 yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda giyohvand moddalarni xalqaro yetkazib berishni tashkil qilgan. Moldovaga kirish vaqtida uning yonidan 46 gramm geroin topilgan.
Ayni vaqtda erkak vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Avvalroq qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. U bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, yanvar boshlarida Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbul shahrida qo‘lga olingan I.U. (1969 y.t.) O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. U 2015 yildan buyon avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Mavzuga oid

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

17:50 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi umrbodga qamaldi

12:06 / 02.03.2025