Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
Adliya vazirligi Samarqand noni geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qildi.

Foto: Telegram / adliyangiliklari
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ko‘magi bilan 4 fevral kuni “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.
2022 yil mart oyida kuchga kirgan “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etiladi.
Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025