Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Index bozor hududida mast haydovchi tufayli 5 ta avtomobil to‘qnashdi
YTH natijasida avtomashinalardan birining haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi Index bozor hududida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi Lacetti, 1984 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1998 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvidagi BYD, 2001 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi Spark va 1998 yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi BYD o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Lacetti, haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib YTH sodir etgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan A.E. va yo‘lovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan F.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

14:10 / 04.07.2025