Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Dron parchalari 19 qavatli turar joy majmuasidagi xususiy uy va texnik xonaning tomini shikastlagan. Telegram kanallari Afip neftni qayta ishlash zavodi hududidagi yong‘in haqida ham xabar bermoqda.

Foto: Veniamin Kondratev/Telegram/AP Photo/picture alliance
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 10 fevral, dushanbaga o‘tar kechasi Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi. UUAdan birining qoldiqlari "Tsentralnyy" turar joy majmuasi 19-qavatidagi texnik xona tomiga zarar yetkazdi, deb xabar berdi mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev Telegram-kanalida.
Krasnodar chekkasidan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan Afipskiy poselkasida yana bir dron urib tushirildi, uning qoldiqlari xususiy uyga zarar yetkazdi. Kondratevning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
O‘z navbatida, SHOT Telegram-kanalining yozishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:00 da poselka aholisi Afip neftni qayta ishlash zavodi hududida havo hujumidan mudofaa tizimlarining ishlashi tufayli bir necha kuchli portlashlarni eshitgan. Afipskoyeda sodir bo‘lgan yong‘in videosi keyinroq xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan «VChK-OGPU» Telegram-kanalida paydo bo‘ldi.
Ba’zi Rossiya Telegram-kanallari, shuningdek, Afipskiy neftni qayta ishlash zavodi bilan bir vaqtda Ukraina dronlari Slavyansk-Kubandagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilganini bildirdi.
10 fevralga o‘tar kechasi Rostov oblastining chegaradosh hududiga ham dronlar hujum qilgan. Mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusarning so‘zlariga ko‘ra, barcha UUA yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd etilmagan.
Mavzuga oid

11:41
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:19 / 08.07.2025
Xarkivda bir sutka ichida dronlar hujumidan 82 kishi jabrlandi

12:50 / 07.07.2025
Xarkivda Rossiya dronlari zarbalarida 20 dan ortiq kishi jarohatlandi

12:38 / 03.07.2025