Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjiston bosh vaziri Rossiya bilan diplomatik aloqalarni tiklash shartini aytdi
Rossiya bugungi kunda Gurjistonning eng yirik savdo sheriklaridan hisoblanadi. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.

Foto: Getty images
Gurjiston hududiy yaxlitligi tiklanmagunga qadar Rossiya bilan diplomatik aloqalar qayta yo‘lga qo‘yilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.
«Bizning diplomatik aloqalarimiz yo‘q va u Gurjiston hududiy yaxlitligi tiklanmagunga qadar bo‘lmaydi. Biroq biz yana pragmatik siyosat olib boryapmiz. Pragmatizmsiz, albatta, Gurjiston omon qolmaydi», — deydi u.
Kobaxidzening so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat tarixidagi muhim darslardan biridir. Shu bilan birga, bosh vazir Gurjiston hududiy yaxlitligiga bog‘liq munosabatlarda aniq yo‘nalishlar borligini qayd etgan.
«Bu nafaqat siyosiy, balki huquqiy masala hamdir… Ammo bizda savdo, iqtisodiy aloqalar mavjud, hozirgi vaziyat shunaqa va biz munosabatlarimizda shu kartinani saqlab qolish niyatidamiz», — deya qo‘shimcha qiladi Kobaxidze.
Rossiya bugungi kunda Gurjistonning ikkinchi o‘rindagi eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Rossiya bilan savdo aylanmasi 2024 yilda 5,4 milliard dollarni tashkil etgan. Gurjiston mahsulotlari eksportida Rossiyaning ulushi o‘tgan yili 10,8 foizni tashkil etgan. Rossiyadan import qilinadigan tovarlar ulushi esa 11,2 foizga teng.
Mavzuga oid

08:44
Gurjistonda Euronews Georgia asoschisi Ramishvili qo‘lga olindi

14:02 / 01.07.2025
Gurjistonda sakkiz muxolif partiya saylovlarga boykot e’lon qildi

14:59 / 14.06.2025
Gurjistonda «O‘zgarishlar koalitsiyasi» yetakchisi Gvaramiya hibsga olindi

09:34 / 30.05.2025