Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: Rossiyaning g‘alabasi yoki Ukrainaning qulashi «tinchlikka olib kelmaydi»
Rossiyaning g‘alabasi yoki Ukrainaning urushda qulashi «tinchlikka olib kelmaydi», dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. Shu bilan birga, Ukrainadagi urush imkon qadar tezroq tugashi kerak, deya tushuntirdi siyosatchi.

Rossiyaning urushdagi g‘alabasi yoki Ukrainaning qulashi «tinchlikka olib kelmaydi». Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 13 fevral, payshanba kuni Berlinda jurnalistlarga ma’lum qildi.
Siyosatchi AQSh prezidenti Donald Trampning «o‘lim va qon to‘kilishini» to‘xtatish uchun Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi imkon qadar tezroq yakunlanishi kerakligi haqidagi fikriga qo‘shilishini tushuntirdi. U, shuningdek, Oq uy rahbarining Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi va o‘zi ham Rossiya prezidenti bilan gaplashganini eslatdi. Shu bilan birga, Shols Ukraina suverenitetini saqlab qolishga imkon beradigan «uzoq muddatli» va adolatli kelishuvga chaqirdi. «Shuning uchun biz hech qachon buyruq ostidagi tinchlikni qo‘llab-quvvatlamaymiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Shols: Tinchlik shartnomasi Ukrainaga majburan yuklanmasligi kerak
Avvalroq Germaniya kansleri Donald Trampning Vladimir Putin bilan muzokaralar haqidagi izohlari fonida Politico nashriga bergan intervyusida Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Kiyevga majburiyat shaklida yuklanmasligi kerakligini aytdi.
Shuningdek, u Ukrainaga «tinchlik kelishuvidan keyin ham rivojlanishga» imkon berilishi kerakligini, bu uning urushdan oldingidan ko‘ra ko‘proq va G‘arb qurollari bilan jihozlangan «kuchli armiya»ga ega bo‘lishini anglatishini aytdi.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

20:32 / 10.07.2025
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi

15:07 / 10.07.2025