Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida noqonuniy oltin shaxtasi qulashi tufayli 48 kishi halok bo‘ldi
Voqea oldinlari Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan tashlandiq konda yuz bergan. Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollardir.

Foto: REUTERS
Mali g‘arbida noqonuniy oltin qazib olishga mo‘ljallangan shaxtaning qulashi oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyadagi manbalariga tayanib The Guardian xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqea oldinlari Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan tashlandiq konda yuz bergan. Manbalarning qayd etishicha, halok bo‘lganlarning asosiy qismi ayollardir. Ekologiya tashkiloti rahbarining ma’lum qilishicha, qurbonlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, ko‘plab insonlarning o‘limiga olib keladigan bu kabi holatlar tog‘-kon obektlaridagi noqonuniy faoliyatlar tufayli tez-tez sodir bo‘lib turadi.
Mali — oltin qazib olish hajmi bo‘yicha Afrikada to‘rtinchi o‘rinda turadi. Mamlakat oltin, temir rudasi, marganets, litiy va uranning ulkan zaxirasiga ega. 2024 yil yanvarda Mali janubi-g‘arbidagi Kangaba hududida joylashgan oltin koni tunneli qulab tushgandi. O‘shanda hodisa oqibatida 73 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvari boshlarida Samarqand viloyatidagi «Qoraqo‘ton» tog‘ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan, ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgandi.
Mavzuga oid

08:31 / 25.06.2025
Rossiya va Mali atom energetikasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi

20:33 / 06.06.2025
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi

23:11 / 17.02.2025
Qozog‘istondagi konda yetti kishi ko‘chki ostida qoldi

23:10 / 07.12.2024