Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Ular 100 AQSh dollarlik va 200 ming so‘mlik kupyuralarni 93 mln so‘mga sotishga uringan vaqtida qo‘lga tushgan.

Foto: Reuters Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar u
Jizzax viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda I.N. va M.M. ismli shaxslar fuqaro S.G.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 51 ming qalbaki AQSh dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 million so‘mni jami 93 million so‘mga sotishga kelishgani aniqlangan. Ular ushbu mablag‘larning 39,2 million so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida soxta dollar va so‘mlarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlangan edi.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

14:15 / 24.06.2025