Londonda Ukraina bo‘yicha sammit boshlandi
Unda NATO bosh kotibi, Fransiya, Ukraina prezidentlari, Germaniya kansleri va boshqa Yevropa davlatlari yetakchilari ishtirok etmoqda.

Foto: EPA-EFE
Londonda Yevropa yetakchilarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalari bo‘yicha sammiti boshlandi, deb xabar beradi Bild. Sammit ishtirokchilarini Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning shaxsan o‘zi kutib olmoqda.
Ayni vaqtga qadar sammitda ishtirok etish uchun NATO bosh kotibi Mark Ryutte, Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy yetib keldi.
Sammitda ko‘tariladigan asosiy mavzulardan biri Yevropaning yadroviy xavfsizligi bo‘ladi. Makron yadroviy qurolga ega bo‘lmagan Yevropa davlatlari bilan «strategik dialog»ni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
«Bizda yadroviy qalqon bor, ularda — yo‘q. Ular endi AQShning yadroviy tutib turish kuchlariga umid qila olmaydi», — deydi Fransiya prezidenti.
Muzokaralarning yana bir mavzusi — AQShning Yevropa xavfsizligidagi roli. Oq uyda yuz bergan bahsga qaramay, Starmer Donald Trampning Britaniyaga taklifini kuchda qoldirgan. Starmerning ta’kidlashicha, eng muhimi — ichki siyosiy kelishmovchilikka qaramay, Yevropada tinchlik masalasini muhokama qilishdir.
Sammit boshlanishidan oldin Zelenskiy va Meloni urushni tugatish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini muhokama qildi. «Ukrainaga ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan mustahkamlangan tinchlik kerak», — dedi Ukraina prezidenti Italiya bosh vaziri bilan uchrashuvda.
Mavzuga oid

13:12
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

15:51 / 23.05.2025