Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi
Parkent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy tarbiya yo‘riqchisi bolalarni qo‘li va gimnastika tayoqchasi bilan urdi. Shu bog‘chaning boshqa tarbiyachisi ham bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aniqlandi. Viloyat MMTB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 6 yanvar kuni tumandagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Muassasada jismoniy tarbiya yo‘riqchisi vazifasida faoliyat yuritadigan P.A. tarbiyalanuvchilarni gimnastika tayoqchasi bilan turtib, qatorga turishga undagan.
O‘rganishlar davomida tashkilotning tarbiyachisi Sh. M. ham bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aniqlangan.
Mazkur holatlar o‘rganilib, muassasaning jismoniy tarbiya yo‘riqchisi hamda tarbiyachi bilan tuzilgan shartnoma Mehnat kodeksiga asosan bekor qilindi.
Bolalar ombudsmani ham holatga munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, 28 fevral kuni Parkent tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyachi A.P. tomonidan tarbiyalanuvchilar Z.R. (2018 yilda tug‘ilgan, qiz bola) va S.M. (2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)larning qulog‘idan tortib, yuz va bosh qismlariga bir necha marotaba urgani videoyozuvda qayd qilingan.
Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan tan jarohati yetkazilgani faktini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 10:06
-
RFda sudlangan amerikalik Tater Rossiyani tark etdi
Jahon | 09:41
-
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 09:37
-
"Levada": Rossiyaliklarning rekord qismi G‘arb bilan do‘stlikni xohlayapti
Jahon | 09:03
Mavzuga oid

20:43 / 28.06.2024
Buxorodagi bog‘chada bolalardan birining otasi boshqa bolaga jarohat yetkazdi

15:26 / 22.06.2024
Jizzaxdagi bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

18:14 / 20.06.2024
Toshkent viloyatida “Damas” yonib ketdi

16:06 / 07.06.2024