Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Toshkent viloyati prokurori lavozimi so‘nggi yarim yil mobaynida bo‘sh qolayotgandi. Uning vazifalarini amalda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduqahhor Mullajonov bajarib kelgan.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Egamberdiyevich Mirzayev Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Azamat Mirzayev 2023 yil noyabridan buyon Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati prokurori lavozimi so‘nggi yarim yil mobaynida bo‘sh qolayotgandi. 2023 yil avgust oyidan viloyatga prokurorlik qilgan Sirojiddin Eshquvvatov 2024 yil sentabrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgandi.
O‘tgan vaqt mobaynida uning vazifalarini amalda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduqahhor Mullajonov bajarib kelgan.
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

09:14 / 18.06.2025