Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi
Politsiya uni qo‘lga olib, oshqozonini rentgen qildi. Unda chindan ham yot jism aniqlandi.

Foto: Orlando Police
AQShning Florida shtati politsiyasi Tiffany & Co zargarlik do‘konidan 769,5 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yuborgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda BBC.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli Jyeytan Gilder do‘kon xodimlariga o‘zini “professional sportchi” uchun ishlaydigan odam sifatida tanishtirgan va ulardan “bir nechta qimmatbaho buyumlarni” ko‘rsatishlarini so‘ragan. Keyin u ziraklarni o‘g‘irlab, do‘kondan qochib ketgan.
Gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq ushlandi. Qo‘lga olish paytida politsiya xodimlari erkak o‘g‘irlangan ziraklarga o‘xshash bir nechta jismlarni yutib yuborganini ko‘rgan.
Gilder, shuningdek, olmos uzukni ham o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aytilmoqda, ammo taxminlarga ko‘ra, u do‘kondan qochib ketayotganda uzukni tushirib yuborgan.
Keyinroq politsiya gumonlanuvchining qorin bo‘shlig‘idan olingan rentgen tasvirini e’lon qildi, unda haqiqatan ham erkakning oshqozonida begona jism ko‘rinadi. Zirak chiqarib olingani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmadi.
AQSh politsiyasi xabariga ko‘ra, Gilder 2022 yilda ham Texasdagi Tiffany & Co do‘konini o‘margan. Kolorado shtatida esa uni qamoqqa olish bo‘yicha shu paytgacha 48 ta order chiqarilgan.
Gilderga niqob taqib bosqinchilik qilish va juda katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etish ayblovi qo‘yilgan. Sud hukmi chiqarilgunga qadar u aybsiz hisoblanadi.
Mavzuga oid

19:14
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eronning sanksiyalari va Suriya – Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?

19:06
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

18:29
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26