Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi
Tez tibbiy yordam mashinasi Qo‘qon shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli bo‘lgan. O‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun poliklinika bosh shifokoriga ham intizomiy jazo qo‘llangan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahrida tez tibbiy yordam mashinasi ko‘chat ortib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 13 mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi G‘.A. o‘zboshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlangan.
Poliklinikada holat yuzasidan Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun xayfsan intizomiy jazosi berilgan.
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

22:26 / 16.05.2025