Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi
Time Out nashri dunyoning asosiy gastronomik shaharlari reytingini e’lon qildi. Unda birinchi o‘rinni Luiziana shtatining Yangi Orlean shahri egalladi.

Foto: AP
Shahar hamisha boy oshpazlik tarixiga ega bo‘lib kelgan — unda fransuz, ispan, vetnam va boshqa milliy taomlar ta’siri seziladi. Yangi Orleanda har xil usulda pishirilgan qisqichbaqalar, guruch bilan qizil loviya va boshqa ko‘plab taomlarni tatib ko‘rish mumkin. Shahar aholisining 93 foizi uni restoranlari va ochiq osmon ostida ovqatlanish imkoniyatlari uchun yuqori baholagan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Bangkok egalladi. Bu shaharda hashamatli restoranlarda ham, uch dollarga ko‘cha kafelarida ham mazali taomlar yeyish mumkin. Mahalliy taomlarni shahar aholisining 86 foizi, oshpazlik mutaxassislarining 47 foizi ijobiy baholagan.
Reytingning yuqori uchligini Medelin (Kolumbiya) yakunladi. Bu yerda ham har qanday narx toifasidagi taomlarni topish mumkin: La Placita de Flórez bozoridagi sarxil mevalardan tortib, qishloqcha taomlar va qimmat restoranlardagi nozik menyulargacha. Shahar aholisining 89 foizi restoranlarga borish uchun hammaning qurbi yetishini ta’kidlasa, 94 foizi shaharda qahva ichish arzonligini aytadi.
Shuningdek, Keyptaun, Madrid, Mexiko, Lagos, Shanxay, Parij va Jakarta kuchli o‘ntalikka kirdi.
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025