Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi
Latviya chegara xizmati «migrantlar oqimi sabab» chegara punktlarini qisman yopish taklifi bilan chiqqan.

Foto: Delfi
Latviya IIV Davlat chegara xizmatidan Rossiya va Belarus bilan chegaradagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini qisman yopish bo‘yicha taklif oldi, deb xabar beradi Delfi.
Chegara xizmati taklifiga ko‘ra, 19 martdan Latviya—Belarus chegarasidagi «Paterniyeki», shuningdek, Latviya—Rossiya chegarasidagi «Grebnevo» va «Terexovo» nazorat-o‘tkazish punktlarini faqat avtomobillarda kesib o‘tish mumkin bo‘ladi. Chegara punktlarining qisman yopilishi Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan bog‘liq geosiyosiy vaziyat bilan izohlanmoqda.
Nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati qancha muddatga cheklanishiga oydinlik kiritilmagan — cheklovlar yarim yil yoki undan ortiq vaqt davom etishi mumkin.
Davlat chegara xizmati rahbari Guntis Puyatsning aytishicha, chegara xizmati «migrantlar oqimi sabab» chegara punktlarini qisman yopish taklifi bilan chiqqan. 16 mart kuni aynan shu sababli Latviya «Paterniyeki» chegara punktini vaqtincha yopgan.
Mamlakat Vazirlar mahkamasi 19 martdan chegarani qisman yopishni rasman tasdiqlagan.
«Terexovo» va «Grebnevo» — Latviyaning Rossiya bilan chegarasida faoliyat yuritayotgan oxirgi chegara punktlari hisoblanadi. Shunday qilib, taqiq qabul qilinganidan keyin chegarani piyoda kesib o‘tish imkoniyati deyarli qolmaydi.
Avvalroq Belarus bilan chegaradosh Yevropa Ittifoqi davlatlari – Polsha, Litva va Latviya munosabatlarning keskinlashuvi fonida o‘z chegara nazorat-o‘tish punktlarini bosqichma-bosqich yopishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:00 / 08.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni

20:58 / 08.07.2025
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:15 / 08.07.2025
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

15:02 / 08.07.2025