Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
O‘zbekistonning Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
O‘zgidromet ma’lum qilishicha, bunga 20-25 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Ushbu hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

09:16 / 23.01.2025