QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining «Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
O‘zgartirishga ko‘ra, bojxona organlari tomonidan elektron tizim orqali tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.
Eksport operatsiyalari bo‘yicha soliq summasi o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjat va ma’lumotlar ilova qilinadi:
- tovarlar eksport qilinganligi hamda chet el hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda, eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qo‘shimcha tarzda soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);
- yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish bo‘yicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri.
Eksport operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi hamda soliq va bojxona organlari o‘rtasida axborot almashinuvi tizimida mavjud bo‘lmaganda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi talab etiladi:
- kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
- tovarlarni O‘zbekiston bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
- O‘zbekiston bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari;
- valuta tushganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
- tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

20:38 / 31.01.2025