Sergelida yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi
Xonobod ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sergeli tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 23 mart kuni soat 09:18 da Sergeli tumani Xonabod ko‘chasida joylashgan, yangi qurilayotgan bino fasad qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 09:24 da yetib borib, yong‘in soat 09:39 da qurshab olingan va soat 09:42 da o‘chirilgan.
«Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fevral boshlarida Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Mavzuga oid

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

07:49 / 16.05.2025