Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq va Qozog‘iston o‘rtasida viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv tuzish jarayoni boshlandi
Yevroittifoq Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas – To‘qayev bilan uchrashuvda «Qozog‘iston mintaqa davlatlari orasida YeI bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan birinchi davlat bo‘lgani»ni ta’kidlagan.

Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
28 mart kuni Almati shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi.
Kallas Qozog‘iston mintaqa davlatlari orasida Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuvni imzolagan birinchi davlat bo‘lganini ta’kidlagan.
«Bu kelishuv ikki tomonlama munosabatlar yuksak darajada rivojlanib borayotganining tasdig‘i bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Kaya Kallas Yevropa komissiyasi va Qozog‘iston o‘rtasida viza berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni tuzish jarayoni boshlanganini e’lon qildi», — deyiladi Oq O‘rda rasmiy axborotida.
To‘qayev bunga javoban Qozog‘iston bu yangilikni juda ijobiy qabul qilishini, bu qadam Yevropa davlatlari bilan shaxslararo va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar ochayotganini qayd etgan.
Shuningdek, tomonlar Markaziy Osiyo–YeI formatidagi hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Mavzuga oid

14:23 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan

20:23 / 03.08.2025
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

18:33 / 31.07.2025