Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda
Ushbu davlatlar so‘nggi besh yil ichida birinchi uchtomonlama uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib oldi.

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya hukumatlari AQSh yangi boj tariflariga muvofiqlashtirilgan javob berish niyatida. Bu haqda Xitoyning CCTV davlat telekompaniyasiga aloqador ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga tayanib, Reuters xabar berdi.
«Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh tariflariga birgalikda javob berishga kelishib oldilar», deb xabar berdi agentlik.
30 mart kuni Janubiy Koreya sanoat vaziri An Duk-Gun, Yaponiya savdo vaziri Yoji Muto va Xitoy savdo vaziri Van Ventao so‘nggi besh yil ichida birinchi uchtomonlama uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga kelishib oldi.
Tomonlar, jumladan, «mintaqaviy va global savdoni» rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rtasida erkin savdo kelishuvi bo‘yicha muloqotni faollashtirishga kelishib oldi.
Osiyoning ushbu davlatlari o‘rtasidagi muzokaralar AQSh prezidenti Donald Trampning avtomobillar importiga bojlar oshirilishini e’lon qilishi fonida bo‘lib o‘tdi. 25 foizlik yangi bojlari 3 apreldan kuchga kiradi. AQSh prezidenti Donald Tramp bojlar joriy etilishini xorijlik kompaniyalarning AQShga ko‘chib o‘tishini rag‘batlantirish istagi bilan izohladi.
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

00:47
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

21:45 / 23.05.2025