“Xavf tug‘diryapti” - Tramp Oq uydagi salkam 200 yillik magnoliya daraxti kesib tashlanishini aytdi

Foto: NPS / Kelsey Graczyk
Oq uy AQShning yettinchi prezidenti Endryu Jyekson tomonidan ekilgani aytiladigan magnoliya daraxtidan voz kechmoqda. Bu haqda amaldagi davlat rahbari Donald Tramp o‘ziga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Uning aytishicha, daraxt “achinarli ahvolda” bo‘lib, Oq uyga kiraverishda xavf tug‘dirmoqda. Tramp kelasi haftada daraxt kesib tashlanishini va uning o‘rniga boshqa “juda go‘zal daraxt” o‘tqazilishini yozib qoldirgan.
Trampning ta’kidlashicha, mazkur magnoliya yog‘ochi saqlab qolinadi. Oq uy xodimlari undan “boshqa yuksak va ezgu maqsadlarda” foydalanishlari mumkinligi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Endryu Jyekson 1829—1837 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan. Keng tarqalgan versiyaga ko‘ra, u inauguratsiyasidan bir necha oy oldin, 1828 yilda vafot etgan rafiqasi Reychel xotirasiga magnoliya ekkan. Biroq AQSh Milliy bog‘lar xizmati arxiv suratlarida magnoliyaning Oq uy yonida faqat 1860 yillarda paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

07:50 / 22.05.2025