Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi
Haydovchi FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolingan, unga zarar yetmagan, avtomobilda undan boshqa odam bo‘lmagan.

Foto: Videodan kadr
Qamchiq dovonida Hyundai avtomobili xandaqqa qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, haydovchi A373 avtomobil yo‘lining «Toshkent—Vodiy» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan va uni kesib o‘tib xandaqqa tushib ketgan.
Bu haqida «Qamchiq» maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushganidan so‘ng qutqaruv otryadi zudlik bilan voqea joyiga borgan va haydovchini qutqarib olgan. So‘ng maxsus texnikalar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, avtomobilda haydovchidan boshqa hech bo‘lmagan va u jarohat olmagan.
Mavzuga oid

16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

08:10 / 24.05.2025