Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy rossiyalik targ‘ibotchilarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Ukraina prezidenti 130 jismoniy va 18 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu cheklovlar targ‘ibotchilarga bosimni kuchaytirish va Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti» faoliyatini bloklashga qaratilgan», dedi Zelenskiy.

Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining rossiyaparast arboblar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar haqidagi qarorini kuchga kiritdi. Tegishli farmon 11 aprel, juma kuni Ukraina davlati rahbari saytida e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, sanksiya ro‘yxatiga 18 ta ommaviy axborot vositasi va 71 nafar jismoniy shaxs – ham rossiyalik, ham ukrainaliklar kiritilgan. Ular orasida «Rossiya 1» telekanali muxbiri Aleksandr Sladkov, jurnalist Arina Sharapova va Quest Pistols, «Griby» guruhlari, qo‘shiqchi Luna bilan ishlagan musiqiy prodyuser Yuriy Bardash bor.
Ukraina prezidentining saytida e’lon qilingan yana bir farmonda Rossiya «soyadagi floti» va uning faoliyatiga aloqador shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. Cheklovlar 59 kishiga, jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy fuqarolariga tegishli.
Sanksiyalar, xususan, Ukraina yurisdiksiyasidagi aktivlarni muzlatish, kapitalni eksport qilishni taqiqlash va agar mavjud bo‘lsa, davlat mukofotlaridan mahrum etishni o‘z ichiga oladi.
«Yangi sanksiyalar qadamlari. Biz urush targ‘ibotchilariga va Rossiyani oqlayotganlarga bosimni kuchaytirmoqdamiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda Rossiya «soyadagi floti» faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqdamiz. Tegishli farmonlar allaqachon saytda», — deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar bo‘yicha yana bir qarori tayyorlanmoqda, u yaqin kelajakda e’lon qilinadi.
Mavzuga oid

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

10:44 / 23.07.2025
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

23:12 / 21.07.2025