Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ko‘plab mamlakatlarni Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilishga ko‘ndirmoqchi – OAV
Buning evaziga bojlarni kamaytirishga va’da berilgani aytilmoqda.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati o‘zining 70 dan ortiq savdo hamkorlarini Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilishga ko‘ndirmoqchi. Buning evaziga AQSh import bojlarini kamaytirishga va’da bermoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).
Muzokaralar chog‘ida AQSh rasmiylari boshqa mamlakatlarni Xitoyni o‘z hududi orqali yuk tashishini taqiqlashga, xitoylik kompaniyalarni o‘z hududida joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilishga va Xitoydan arzon mahsulotlarni sotib olishni to‘xtatishga ishontirishga umid qilmoqda. Oq uy qo‘ymoqchi bo‘lgan aniq talablar mamlakat va uning Xitoy bilan savdodagi ishtiroki darajasiga qarab farq qiladi.
Gazeta manbalariga ko‘ra, bu fikr boshqa davlatlar vakillari bilan dastlabki muzokaralarda aytib o‘tilgan. Yaqinda Fox News telekanaliga bergan intervyusida Trampning o‘zi boshqa mamlakatlarni AQSh va Xitoy o‘rtasida tanlov qilishga majburlamoqchi ekanligiga shama qilgan edi, deb qayd etdi WSJ.
AQSh savdo hamkorlarini Xitoyni izolyatsiya qilishga undash g‘oyasi Moliya vaziri Skott Bessentdan chiqqan. U buni aprel oyining boshida Trampga aytgan.
Ushbu chora Tramp Xitoyga qarshi e’lon qilgan savdo urushining bir qismidir. AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni bosqichma-bosqich oshirib, jami 145 foizga yetkazdi - bunga javoban Xitoyning Amerika tovarlariga bojlari endi 125 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid

14:23
AQSh Milliy razvedkasi direktori Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi

22:48 / 19.07.2025
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

20:19 / 19.07.2025