Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi
AQSh prezidenti sobiq hamkasbini noto‘g‘ri immigratsiya siyosatini yuritganlikda yana bir bor aybladi.

Foto: Reuters
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden «millionlab jinoyatchilarning Qo‘shma Shtatlarga kirishiga ruxsat berdi». Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.
Avvalroq, Jo Bayden Trampni tanqid qilib, uning nomini tilga olmagan va «o‘sha yigit» deb atagan edi. Xususan, Bayden Tramp tomonidan Ijtimoiy ta’minot agentligi xodimlari sonining keng miqyosda qisqartirilishini tanqid qilib, bu millionlab amerikaliklar uchun xavf tug‘dirayotganiga ishora qildi. «Biz hech qachon bu ishonchga xiyonat qilmasligimiz yoki o‘z majburiyatlarimizdan yuz o‘girmasligimiz kerak», dedi Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi nutqida.
«Uyqusiragan Bayden - AQSh tarixidagi eng yomon prezident», deb yozdi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden davrida Qo‘shma Shtatlarga kirgan jinoyatchilar - «qotillar, giyohvand modda sotuvchilari, qamoqxona va ruhiy kasalxonalarning sobiq mahbuslari» - «o‘ylamasdan ochib yuborilgan chegaradan» foydalangan. «Mening vazifam bu qotillar va bezorilarni bu yerdan daf qilish», deb yozdi Tramp.
Mavzuga oid

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

19:14 / 08.07.2025
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eron va Suriya mavzulari - Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?

19:06 / 08.07.2025
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

15:21 / 08.07.2025