Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi
iPhone smartfonlarining asosiy qismi hali ham Xitoyda ishlab chiqariladi.

Foto: AP
Apple kompaniyasi Tramp boshlagan savdo urushi fonida kelasi yildan AQSh bozori uchun mo‘ljallangan barcha iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chirishni rejalashtirmoqda, deb yozdi Financial Times.
Apple avvaldan ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilishga intilgan, ammo endi bu jarayonni tezlashtirish niyatida, deb yozdi nashr.
Kompaniya har yili Qo‘shma Shtatlarda sotiladigan 60 million dona iPhone smartfonlarining barchasini 2026 yil oxirigacha Hindistonda yig‘ishni maqsad qilgan – buning uchun mamlakatda qurilmalar ishlab chiqarishni ikki barobar oshirish kerak bo‘ladi.
Apple so‘nggi yillarda Foxconn va Tata Electronics bilan shartnomalar tuzib, Hindistonda ishlab chiqarishni ko‘paytirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, iPhone smartfonlarining asosiy qismi hali ham Xitoyda ishlab chiqariladi.
Xitoy bu yil AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan eng katta bojlarning nishoniga aylandi. Biroq, Tramp Pekin bilan savdo bitimi tuzishga umid qilmoqda.
Vashington aprel oyi boshida Hindiston importiga 26 foizlik bojni e’lon qildi, biroq qarorning amal qilishi to‘xtatildi.
International Data Corporation ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili global iPhone sotuvining qariyb 28 foizi AQSh hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid

19:14
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

15:52
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi

10:27