Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Yangi usul 99 foiz aniqlikda ishlaydi. Hozirda u yakuniy sinov bosqichlaridan o‘tkazilmoqda.

Foto Pexels
Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati 99 foizgacha aniqlikda saraton tashxisini qo‘yishga yordam beradigan yangi qon tahlilini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Sky News.
miONCO-Dx testi sauthamptonlik olimlar va Xgenera startapi tomonidan ishlab chiqilgan. Davlat uning tekshiruviga 2,4 million funt sterling ajratgan.
Tahlil yakuniy bosqich — validatsiya va tekshiruvdan o‘tishi kerak. Unda 8 ming nafar bemor ishtirok etadi. Jami 10 tomchi qon keng tarqalgan 12 turdagi — o‘pka, oshqozon, prostata, qizilo‘ngach, jigar, siydik pufagi, tuxumdon, ichak, me’daosti bezi, ko‘krak saratoni, shuningdek, sarkoma va miya o‘simtasini aniqlash imkonini beradi.
Test o‘simda kasallik belgilari paydo bo‘lishidan ancha oldin ajratadigan qondagi DNK zarralarini aniqlashga asoslangan. Tadqiqotning dastlabki bosqichida 20 ming kishi ishtirok etgan. Sinovlar 2022 yili 40 yoshida ichak saratonidan vafot etgan jurnalist va faol Debora Jyeyms xotirasiga ochilgan Bowelbabe laboratoriyasining ishga tushish vaqtida to‘g‘ri kelib qoldi. Uning jamg‘armasi loyihani moliyalashtirishga yordam berdi.
NHS ma’lumotlariga ko‘ra, ichak saratoni mamlakatda o‘lim holatiga olib keladigan kasalliklar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Har yili 44 ming kishida ushbu kasallik aniqlanadi, 17 ming bemor vafot etadi. Agar saraton erta aniqlansa, bemorlarning 90 foizi sog‘ayib ketishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

00:07
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025
Qozog‘iston harbiylari Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi

01:29 / 04.06.2025