AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi
Immigratsiya xodimlari migrantni sud orderisiz hibsga olishga uringanida sudya unga yordam bermoqchi bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: AP
AQSh federal hukumati Viskonsin shtatining Miluoki okrugi sudyasi Xanna Duganga qarshi ayblovlarni ilgari surdi. U odil sudlovga to‘sqinlik qilganlikda va shaxsni hibsdan qochishiga yordam berganlikda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u uydagi zo‘ravonlikda ayblangan Meksikadan kelgan noqonuniy migrantga sud zalidan chiqib ketish uchun yo‘l ko‘rsatgan. Shunday qilib, ayblov tomoniga ko‘ra, u migrantni yo‘lakda kutayotgan immigratsiya xizmati xodimlaridan qochishiga yordam berishga harakat qilgan. Qayd qilinishicha, immigratsiya xodimlari migrantni sud orderisiz hibsga olishga uringan.
Dugan qutqarmoqchi bo‘lgan Eduardo Flores-Ruis huquq-tartibot xodimlaridan qochib qutula olmadi. Agentlar Flores-Ruisni sud binosi bo‘ylab ta’qib qildi va oxir-oqibat ko‘chada hibsga oldi. Hodisa 18 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Duganning hibsga olingani 25 aprel kuni ma’lum bo‘ldi. «Hech kim qonundan ustun emas», dedi AQSh bosh prokurori Pem Bondi ijtimoiy tarmoqda.
Duganga ayblov e’lon qilinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgani ta’kidlanmoqda. Namoyishchilar sud majlisi vaqtida bino tashqarisiga yig‘ilib, sudyani zudlik bilan ozod etish talabini bildirishdi, deb xabar berdi Reuters.
Hodisa AQShda jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan. Amerika mintaqalarining bir qancha rahbarlari sudyani qo‘llab-quvvatlagan. Jamoat arboblari, faollar uni himoya qilmoqda.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi

16:53 / 23.05.2025