Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda - Axios
Donald Tramp ma’muriyati «yopiq eshiklar ortida» AQSh prezidentining KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan yangi uchrashuvi imkoniyatini muhokama qilyapti.

Foto: Getty images
Donald Tramp KXDR bilan muzokaralarni qayta tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti ma’muriyatidagi manbalariga tayanib, Axios xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati sobiq rasmiy shaxslar va tashqi ekspertlar bilan «yopiq eshiklar ortida» AQSh prezidentining KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan yangi uchrashuvi imkoniyatini muhokama qilyapti.
Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davrida Kim Chen In bilan uch marta uchrashgandi: 2018 yil iyunda, 2019 yil fevral va iyunda. Birinchi uchrashuv davomida KXDR AQShdan xavfsizlik kafolatlari evaziga yadroviy qurolsizlanishni o‘z zimmasiga olgan.
Axios suhbatdoshlarining aytishicha, oldingi muzokaralar KXDRning yadroviy qurol ustidagi ishlardan voz kechishga qaratilgan bo‘lsada, hozirda Kim Chen In ushbu g‘oyani jiddiy qabul qilmayotgan bo‘lishi mumkin.
Mart oxirlarida AQSh prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda KXDR yetakchisi bilan muzokaralarni tiklash imkoniyatini istisno etmagandi. «So‘nggi to‘rt yil ichida ko‘p narsa o‘zgardi. Biz baholayapmiz, tahlil qilyapmiz va potensial ssenariyni muhokama qilyapmiz», — deydi anonim manba.
Agentlikning yana bir manbasi ma’muriyat a’zolari uchrashuvning «dastlabki rejalari» bilan shug‘ullanayotganini aytgan. Ularga ko‘ra, Trampning e’tiborini tortish uchun Kim Chen Indan «birgina jozibador maktub» yetishi mumkin, «keyin esa ishlar yurishib ketadi».
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

20:05 / 22.05.2025