1-2 may kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqini yuz berishi mumkin
Oyning ilk kunlarida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
1-2 may kunlari yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tabiiy ofat xavfi yuzaga keladigan hududlar quyidagilar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Ta’kidlanishicha, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025
G‘arbdan keladigan sovuq antitsiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi

11:53 / 19.05.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda

12:07 / 16.05.2025