Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Olmazor tumanida ikkita BYD va ikkita Malibu ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 29 aprel kuni soat 10:35 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida ikkita BYD va ikkita Malibu rusumli avtomashina ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yoq.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 2025 yil yanvar—mart oylarida qariyb 900 kishi yo‘l-transport hodisasi sodir etish bo‘yicha sudlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq, 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Mavzuga oid

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

14:47 / 07.07.2025