Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
Kun.uz manbalarining xabar berishicha, 5 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi sammit noma’lum muddatga qoldirildi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, sammit - tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan keyingi muddatlarga qoldirilgan.

Foto: Kuvayt tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ushbu ma’lumotni Kun.uzʼga tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, sammit tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan keyingi muddatlarga qoldirildi.
«Tomonlar yangi sanani o‘zaro maslahatlashuvlar asosida belgilash bo‘yicha ishlamoqda. Sammitning o‘tkazilish sanasi va boshqa tafsilotlar haqida qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
Mazkur hamkorlik formati doirasidagi muloqot va sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettiriladi», deyiladi TIV bayonotida.
Joriy yil 16 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytda «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida qatnashgan edi.
Uchrashuvda Samarqand shahrida 5 may kuni yuqori darajadagi sammit bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

20:45 / 30.06.2025