Balida blekaut yuzaga keldi
Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar Yava orolini Bali bilan bog‘lab turuvchi suvosti kabeliga shikast yetkazilgani bilan bog‘liq.

Foto: Beritasatu.com
Indoneziyaning Bali orolida elektr energiyasi ta’minotida keng ko‘lamli uzilishlar yuz berdi, deb yozmoqda Jakarta Globe.
Qayd etilishicha, blekaut mahalliy vaqt bilan soat 15:00 larda boshlangan va orolning katta qismiga ta’sir ko‘rsatgan.
PLN Bali energetika kompaniyasining tushuntirishicha, uzilishlar Yavani Bali bilan bog‘lab turuvchi suvosti kabeliga shikast yetkazilgani bilan bog‘liq. Balidagi barcha elektr stansiyalar bir vaqtda o‘chirilgan.
Nusa-Dua restorani xodimi Vayan Dedi Muliartaning so‘zlariga ko‘ra, blekaut muassasa ishini to‘xtatib qo‘ygan. «Biz foydalanadigan barcha narsa — oshxona anjomlaridan tortib, kassa tizimlarigacha elektr energiyasida ishlaydi», — deydi u.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda orolda elektr energiyasi ta’minotini tiklash boshlangan, ammo tizim hali ham barqaror emas, shu bois yangi uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Portugaliyada 28 aprel kuni blekaut yuz bergandi. Elektr energiyasi ta’minoti uzilishlar sabab Ispaniyada kamida besh kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

21:18 / 29.04.2025
Ispaniyada blekaut sabab besh kishi halok bo‘ldi

12:10 / 29.04.2025