O‘zbekiston | 11:32 / 03.05.2025
3984
1 daqiqa o‘qiladi
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
Qutqaruv otryadi maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasini xandaqdan olib chiqqan.

Foto: Videodan kadr
Qamchiq dovonida 2 may kuni soat 03:10 da Shacman rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.
FVV ma’lum qilishicha, qutqaruv otryadi maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasini xandaqdan olib chiqqan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.