Moskvada 9 maygacha internetga kirish cheklanishi mumkin
Rossiya hukumati Ikkinchi jahon urushida Gitler Germaniyasining taslim bo‘lganini nishonlash paytida internetga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Moskva va mintaqada uyali aloqa ishidagi uzilishlar 5 maydayoq boshlangan.

Foto: Reuters
Shu hafta Moskvada Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlash tadbirlari munosabati bilan internetga kirish cheklanishi mumkin. «Internetga kirish davom etayotgan bayram tadbirlari xavfsizligini ta’minlash munosabati bilan cheklanishi mumkin», — deya 5 may, dushanba kuni tarqatilgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha yagona davlat tizimining SMS xabaridan iqtibos keltiradi TASS.
Shu kuni Moskva va Moskva viloyatida uyali aloqada uzilishlar yuz berdi. Xususan, «Bilayn», «Ms», «Megafon» va «T2» uyali aloqa operatorlari tarmoqlarining ishida uzilishlar qayd etilgan. TASS «Bilayn» va «Megafon» vakillariga tayanib, Moskvadagi nosozliklar kompaniyalarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra sodir bo‘layotganiga ishora qilmoqda.
Bundan tashqari, mobil internetga ulanishda uzilishlar mavjud, buni Downdetector xizmati ma’lumotlari tasdiqlaydi. Internet operatorlari tarmoqqa kirish uchun Wi-Fi'dan foydalanishni tavsiya qilyapti.
Mavzuga oid

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

22:02 / 31.05.2025
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

11:21 / 29.05.2025