Toshkentda giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatganlar ushlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki nafar fuqaro giyohvandlik vositasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi Telegram kanal reklamasini qog‘oz hamda banner shaklida devor va ustunlarga yopishtirib yurgani aniqlandi.

Foto: Videodan kadr
Poytaxt IIBB xabar berishicha, surishtiruv ishlari davomida ushbu reklama varaqalarini chop etib bergan shaxs ham aniqlangan.
Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 56-2-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlarning qilmishi Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqildi. Ayblanuvchilarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari

22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

14:35 / 20.03.2025
Toshkent metropoliteni TTZ dahasigacha olib boriladi

19:04 / 21.11.2024