WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan
The Washington Post nashrining yozishicha, yanvar oyi oxirida Tramp ma’muriyati Kiyevni AQShdan deportatsiya qilingan uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilishga «undagan». Biroq Ukraina bu iltimosni jiddiy qabul qilmagan.

Foto: The Washington Post
Donald Tramp ma’muriyati yanvar oyi oxirida Ukrainani Qo‘shma Shtatlardan chiqarib yuborilgan uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilishga «chaqirgan». The Washington Post (WP) 6 may, seshanba kuni o‘z qo‘lidagi hujjatlar va Kiyevdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, gap qancha fuqarolar haqida ketayotgani aniqlashtirilmagan.
Gazetaning qayd etishicha, hujjatlardan Kiyev rasmiylari amerikalik yuqori martabali diplomat yuborgan so‘rovga qanday javob bergani noma’lum. Ukraina diplomati AQSh elchixonasiga uning hukumati o‘z pozitsiyasini bildirganidan keyin javob berishini ma’lum qildi, xolos.
WP shuningdek, Ukraina AQShdan uchinchi davlat fuqarolarini qabul qilmaganini va Amerika taklifini jiddiy ko‘rib chiqqaniga ishora yo‘qligini ta’kidlaydi. Bu masala hatto Kiyevdagi hukumatning eng yuqori darajalariga ham yetib bormagan, deb yozadi gazeta Ukraina rasmiylariga yaqin manbalarga tayanib. WP'ning Kiyevdagi manbalaridan biri bu so‘rov bo‘yicha Vashington tomonidan qo‘yilgan «siyosiy talablar»dan xabari yo‘qligini aytdi.
Mavzuga oid

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

18:53 / 07.06.2025